O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, Moliya vazirligi va Markaziy bank boshqarmasi temir yo‘l transportida harakatlanuvchi yo‘lovchilarning qo‘l yuki, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini rasmiylashtirish va bojxona nazorati tartibiga o‘zgartishlar kiritdi, deb xabar bermoqda “Anhor.uz”.
Endi yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona rasmiylashtiruvi faqatgina bojxona nazorati zonasida amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi zonalarida yo‘lovchilar va poyedning texnik tarkibi qo‘l yuklari maxsus texnik nazorat vositalari yordamida tekshiriladi. Bojxona xodimlari tomonidan soddalashtirilgan bojxona nazorati usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
Izoh (0)