Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-noyabr kuni Toshkentda o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi xabar bermoqda.
29-noyabrgacha davom etadigan mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga milliy terma jamoa bosh murabbiyi jami 23 nafar futbolchini taklif etgan. Terma jamoaning ilk mashg‘uloti bugun JAR stadionida soat 16:00 da boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zining so‘nggi yig‘inini oktabr oyida Dubay shahrida o‘tkazgan edi. Dubaydagi yig‘in davomida Mirjalol Qosimov shogirdlari Qatar (0:3), Bahrayn (0:0) va BAA (4:0) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.
Ma’lumot o‘rnida, Toshkentdagi yig‘in yakuniga yetgach O‘zbekiston milliy terma jamoasi OK — 2015 final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirish uchun 1-dekabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.
24—29-noyabr kunlari Toshkent shahridagi yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”), Akbar To‘rayev (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Shavkat Mullajonov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Bobur Yo‘ldoshev (barchasi “Lokomotiv”), Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”), Yegor Krimets, Aleksandr Merzlyakov (ikkalasi “Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Lutfulla To‘rayev, Jasur Hasanov (barchasi “Lokomotiv”), Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov (ikkalasi “Paxtakor”), Farrux Sayfiyev, Shuhrat Muhammadiyev (“Nasaf”), Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov (ikkalasi “Bunyodkor”), Shavkat Salomov (“Shaxtyor”, Karaganda), Aziz Ibragimov (“Andijon”).
Hujumchilar: Voxid Shodiyev (“Bunyodkor”), Navruz Olimov (“Qizilqum”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Kamoliddin Murzoyev (“Shaxtyor”, Karaganda).
Izoh (0)