Nepalda avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi (YTH) natijasida 47 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Nepalning tog‘li Jayarkote tumanidagi YTH 20-noyabr, payshanba kuni ro‘y bergan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtobus Beri daryosiga qulagan.
O‘n nafar yo‘lovchi qutqarib qolingan, dastlab 24 nafar kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. Qurbonlar soni esa 23-noyabr, yakshanba kuni avtobus qirg‘oqqa olib chiqilganidan so‘ng oshib ketgan.
Hududining asosiy qismini Himolay tog‘ tizmalari tashkil etuvchi Nepal davlati yo‘llari Osiyodagi eng xavflilaridan biri hisoblanadi. Ham yo‘l qoplamasining, ham transport vositalari holatining talab darajasida emasligi, shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti mamlakatdagi ko‘plab avariyalarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, 1-noyabr kuni Nepalning Makvanpur okrugida ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transpot hodisasi sodir bo‘lgan, natijada 14 kishi halok bo‘lib, 20dan ortiq yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgandi.
Izoh (0)