O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 24-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.Mavzuga doir
×
Izoh (0)