AQSh qo‘shinlari 2015-yilda ham Boltiqbo‘yi mamlakatlarida va Polshada qoladi. Bu haqda AQShning Yevropadagi quruqlik kuchlari qo‘mondoni Ben Xojess o‘zining Litvaga tashrifi davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
“AQSh kuchlari Litvada, shuningdek Latviya, Estoniya va Polshada 2015-yilda ham Rossiya agressiyasini tutib turish uchun qoladi”, − dedi Xojess.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil aprel oyida AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga javoban Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshaga 600 nafar harbiy xizmatchisini joylashtirgan edi. Oktabr oyida esa AQSh Kavalerlar polkining birinchi harbiy diviziyasi oliy qismi og‘ir qurollar bilan yetib kelgan.