Internetdan foydalanuvchilar soni oshmoqda. Bu haqda eMarketer tadqiqotchilari ma’lumotiga asoslanib Mashable xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda Yer aholisining 42,4 foizi — taxminan 2,89 milliard kishi hech bo‘lmaganda bir oyda bir marta internetdan foydalanadigan bo‘ladi. Bu esa joriy yildagiga qaraganda 6,2 foiz o‘sish hisoblanadi.
Shu bilan birga, 2018-yilga qadar dunyo aholisining yarmi, taxminan 3,6 milliard nafar kishi internetdan faol foydalanishni boshlaydi. Bunga esa arzon mobil qurilmalarning ko‘payishi va rivojlanayotgan davlatlarda ham ulardan foydalanila boshlanishi sabab bo‘ladi.