Ukrainaga kelgan AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 21-noyabr kuni Kiyevdagi Maydonga tashrif buyurdi va Ukraina qahramonlari sharafiga qo‘yilgan esdalik xochi oldiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yevromaydon nomi bilan atalgan voqealarning bir yilligiga kelgan Bayden qurbonlarning xotiralarini sharaflash uchun Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan birgalikda tashrif buyurdi. Siyosatchilarning uchrashuvi iliq ruhda o‘tgani qayd etilgan.
Shuningdek, boshaq ukrain siyosatchilari va Vazirlar kengashi a’zolari ham ular bilan birga qurbonlar xiyoboniga borgan. Maydonda Poroshenkoga qaratilgan hushtaklar va qichqiriqlar eshitilgani aytilgan. Keyinroq, Poroshenko va Bayden muzokaralarga kirishgan.
Izoh (0)