Dunyodagi eng yirik sport musobaqalaridan biri — yengil atletika bo‘yicha 2019-yilgi jahon chempionati bahslari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Monako davlatida bo‘lib o‘tgan maxsus konferensiyada e’lon qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Ovoz berish jarayonida Doha shahri Yujin (AQSh) va Barselona (Ispaniya) shaharlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bosqichda Doha shahri 12 ovoz jamg‘ardi. Yujin shahri to‘qqizta, Barselona nomzodi uchun esa olti kishi ovoz berdi. Ikkinchi bosqich yakuniga kelib Doha shahri 15 ovozga, Yujin esa 12 ovozga ega bo‘ldi.
Qatar davlatida o‘tkaziladigan jahon chempionati bahslari odatdagidek avgust oyida emas, balki oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Tashkiliy qo‘mita vakillari, shuningdek, marafon musobaqalarini kechki payt o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)