UEFA prezidenti Mishel Platini Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashish uchun Kiyevga uchib keldi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Platini o‘z tashrifi davomida Poroshenko bilan ko‘rishib, Ukrainani Rossiya chempionatida ishtirok etayotgan Qrim klublarini tan olishga ko‘ndirishni maqsad qilgan.Platini Ukraina Qrim klublari yuzasidan UEFA va FIFA bergan barcha arizalarini qaytarib olishini xohlamoqda, deya xabar bermoqda rus nashrlari.
Platini hamda Poroshenko o‘rtasidagi uchrashuv 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Xabar berishlaricha, Kiyevda Platini UEFA vitse-prezidenti Grigoriy Surkis va Ukraina futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Andrey Pavelko kutib olgan.
Izoh (0)