Rossiyada Apple mahsulotlarining narxi oshirilishi mumkin. Bunga esa rubl kursining pasayishi sabab bo‘lgan. Bu haqda Apple bilan hamkorlik qiladigan kompaniyalar “Vedomosti” nashriga xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ayrim distribyutorlarning ma’lum qilishicha, Apple 1-dekabrdan iPhone 6 smartfonlarining narxini oshirish haqida ularni ogohlantirgan. Taxminlarga ko‘ra, Rossiyada iPhone 6 smartfonlarining narxi 4000-5000 rublga qimmatlashadi.
Rubl kursining pasayishi sabab Yevropadagi eng arzon Apple iPhone 6 smartfonlari Rossiyada sotilmoqda. Masalan, ushbu smartfonning 16 Gb xotirali turi Moskvada Shveysariyaning Jeneva shahridagisidan 5300 rubl arzonga sotilmoqda. Buning natijasida esa Rossiyada Apple qurilmalariga talab ko‘paymoqda. re:Store do‘konining xabar berishicha, hozirda Rossiyada iPhone 6 smartfonining 64 Gb xotirali turini topish qiyin bo‘lib qolgan.
Izoh (0)