Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat turnirda yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova chorak final bahsida mag‘lubiyatga uchradi.
Yarim final yo‘lida turnirning ikkinchi raketkasi ukrainalik Anastasiya Vasilyevaga qarshi kortga chiqqan Sabina raqibasiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, Nyu-Delidagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)