AQShdagi Yel universitetining “Yel Buldogs” jamoasi darvozaboni o‘yindan keyin o‘tkazilgan penaltilar seriyasida barcha beshta zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Boz ustiga, barcha zarbalarni u yuzi bilan qaytardi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Birinchi zarbadan keyin darvozabon bir amallab o‘rnidan turdi.
Ikkinchi zarbadan keyin posbon maydonni vrachlar yordamida tark etdi.
Uchinchi zarbadan keyin darvozabonning burni qonadi.
To‘rtinchi zarbadan keyin darvozabon o‘rnidan tura olmay qoldi va darvoza yaqinida cho‘zilib yotdi.
Beshinchi seyvdan keyin esa “Yel Buldogs” darvozabonining qorniga kubokni qo‘yishdi va uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatga izoh qoldirgan ko‘pchilik foydalanuvchilar bu rolik maxsus tayyorlangan, deb fikr bildirgan. Eurosport bergan xabarga ko‘ra, rolik parodiyalar chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Studio C komediya guruhi tomonidan olingan.
https://www.youtube.com/watch?v=8F9jXYOH2c0
Qiziq tomoni shundaki, “Buldoglar” penaltilar seriyasida atigi bitta zarbani golga aylantira olishdi. YouTube’ga qo‘yilgan mazkur video 3,5 million martaga yaqin ko‘rildi.
Izoh (0)