“Barselona” klubi prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Messi bilan o‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q. Ikki kun avval men uning otasi bilan gaplashdim. Shuni tushunib yetdimki, Messiga tashqaridan bosim bo‘lyapti.
Lionel — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Uni ‘Barselona’dagi barcha narsa qoniqtirmoqda. Ammo unga tashqaridan bosim uyushtirib turiladi. Bu bosim soliq idoralarining tekshiruvlari bilan bog‘liq. Ba’zan Messining o‘yini bir chetda qolib, maydonda qayt qilib yurganini muhokama qilishadi. Ularning maqsadi Messini ruhiy muvozanatdan chiqarish. Ammo maydonda u birinchi raqamli futbolchi”, — dedi Bartomeu.
Izoh (0)