AQSh prezidenti Barak Obamaning korteji Vashington ko‘chalaridan birida qizil chiroq yonishiga javoban to‘xtadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kortej 20-noyabr kuni Obama Oq uydan Kapitoliyga Pensilvaniya-avenyu ko‘chasi bo‘ylab yo‘l olganda to‘xtagan. Shundan keyin, Obama mahalliy restoranlardan birida tushlik qilib, Oq uyga qaytgan. Yo‘lda kortej har safar yashil chiroq yonishini kutib turgan.Odatda Obama korteji o‘tayotganda ko‘chalardagi harakat vaqtinchalik to‘xtatib turiladi. Oq uy xavfsizlik qoidalariga qandaydir o‘zgartirishlar kiritilgani va prezident korteji endi har safar qizil chiroqda to‘xtashi yoki to‘xtamasligi to‘g‘risida ma’lumot bermagan.
Izoh (0)