Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti, tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Didye Burkxalter 2014-yil 21-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, YeXHT doirasidagi hamkorlik masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinadi.
Izoh (0)