Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan sohil sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sohil futboli terma jamoasi bugun, 20-noyabr kuni 5—8-o‘rinlar uchun bahsda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ahad Yusupov shogirdlari Tailand terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Tengkurashlar ostida kechgan o‘yinda O‘zbekiston vakillari 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Tohir Abdurazzoqov, Feruz Fahriddinov, Jamoliddin Sharipov (ikkita) va Arslon Sharopov kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ertaga, 21-noyabr kuni 5-o‘rin uchun kechadigan Ummonga qarshi bahsda ishtirok etadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 10:15 da boshlanadi.
Sohil sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari
Sohil futboli (5—8-o‘rinlar uchun bahs)
O‘zbekiston — Tailand: 5:3
Gollar: Tohir Abdurazzoqov (8), Feruz Fahriddinov (10), Jamoliddin Sharipov (20, 24), Arslon Sharopov (33) — Nanan (6), Tapinna (11, 17)
Izoh (0)