Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy ishi bilan shug‘ullanayotgan prokurorlar uni o‘lim jazosiga mahkum etishni talab qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Sobiq davlat rahbari maxfiy ma’lumotlarni boshqa davlatlarga, jumladan Eron va Qatarga berganlikda ayblanmoqda. Buning uchun Mursiy Qatardan 1 million dollar olgani aytilgan.
Shuningdek, Mursiy va “Musulmon birodarlar”ning boshqa yetakchilari avvalgi prezident Husniy Muborakning ag‘darilishi vaqtida va undan keyin sodir etilgan ko‘plab jinoyatlarda ayblangan. 2012-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Mursiy o‘tgan yilning iyul oyida harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan edi.
Izoh (0)