Facebook ijtimoiy tarmog‘ining alohida Messenger lahzali xabar almashish dasturidan faol foydalanuvchilar soni oyiga 500 million nafar kishidan oshdi. Bu haqda Facebook’ning yangiliklar xonasida xabar berildi, deb yozadi “Parol” nashri.
Facebook Messenger dasturi 2011-yilda taqdim etilgan va u kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdan alohida ishlab chiqilgan ilk dasturi hisoblanadi. Hozirda esa Facebook’ning sahifalar yoki guruhlarni boshqarish uchun alohida dasturlari ham mavjud.
Messenger dasturi ijtimoiy tarmoq a’zolari bir-birlari bilan xabar almashishlari uchun mo‘ljallangan. U xuddi SMS xizmatiga o‘xshaydi, biroq bir qancha qulayliklari mavjud. U orqali stiker, foto, video yoki selfi jo‘natish, qo‘ng‘iroq qilish, guruh bo‘lib suhbatlashish mumkin.
Izoh (0)