Rossiya hukumati “Rossiya Federatsiyasi hududida fuqarolik va xizmat qurollari va ularning patronlari muomalasi qoidalari”ga o‘zgartirish kiritib, fuqarolarga tegishli hujjati bo‘lgan qurollarni o‘zini himoya qilish uchun olib yurishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hujjatning avvalgi tahririda qurol olib yurish faqatgina ov, sport musobaqalari, mashg‘ulot va o‘quv otishlar vaqtida ruxsat berilgani qayd etilgan edi. Yangi tahrirda ham bu bandlarning barchasi saqlanib, “shuningdek, o‘zini himoya qilish uchun” bandi qo‘shib qo‘yilgan.
Tegishli ruxsatnoma bilan o‘zinin himoya qilish uchun olib yurilishi mumkin bo‘lgan qurollar sifatida travmatik, gaz hamda yorug‘lik-ovoz ta’sirli patronga ega to‘pponcha, revolver va stvolsiz o‘tochar qurollar, shuningdek yoshlantiruvchi, elektroshok va uchqunli qurilmalar kabilar ko‘rsatilgan.
Izoh (0)