Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlarini 2 marta qisqartirdi, deya xabar bermoqda iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati.

Foto: cottonaustralia.com.au

Foto: cottonaustralia.com.au

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarining deyarli barcha asosiy turlarini yetishtirish uchun ajoyib tabiiy-iqlim sharoitlariga ega.  Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ajoyib ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lib, u qadimdan butun jahonga mashhur, deb yozadi vazirlik.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi qo‘yildi.

Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari yetishtirila boshladi.

Natijada mustaqillik yillarida g‘alla ekinlari yetishtirish 1 million tonnadan  8 million tonnagacha, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 4 million tonnadan 16 million tonnagacha oshdi. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmida paxtaning ulushi hozirgi vaqtda 9 foizdan oshmagani holida, bunda g‘alla ekinlari ulushi 8,5 foizni, meva-sabzavot ekinlari va uzumning ulushi 30 foizni, kartoshka 11 foizni, chorvachilik mahsulotlari 40 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi