2014-yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Vikram Kumar Doraisvamini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston — Hindiston hamkorligining hozirgi holati va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuvda o‘zaro savdoni kengaytirish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi qo‘shma loyihalarni yaratish bo‘yicha mavjud ulkan salohiyatni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
Alohida e’tibor madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni faollashtirish takliflariga qaratildi.
Izoh (0)