Fransiya parlamentining quyi palatasi − Milliy majlisning “Milliy front” ultra-o‘ng partiyasidan deputati Marion Marshal-Le-Pen Parij NATO tarkibidan chiqishi lozimligini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Fransiya NATO tarkibidan chiqishi kerak, chunki alyans tashkil qilingan paytdagi sabablar hozir mavjud emas”, − dedi kichik Le-Pen. Marion “Milliy front” asoschisi Jan-Mari Le-Penning nabirasi va partiyaning hozirgi yetakchisi Marin Le-Penning jiyani hisoblanadi.
.@Marion_M_Le_Pen : "La France devrait sortir de l'#OTAN qui n'a plus la raison d'être qu'il avait lors de sa création, ." #BourdinDirect
— Rassemblement National (@RNational_off) November 18, 2014
Ma’lumot uchun, Fransiya NATOga asos solgan 12 davlatdan biri bo‘lsa-da, 1966-yilda alyansning harbiy tuzilmasidan chiqib, faqatgina siyosiy tuzilmadagi ishtirokini saqlab qolgan. 2009-yilda esa yana harbiy tuzilmaga qaytgan.
Izoh (0)