Chexiyada “baxmal inqilob”ning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda yig‘ilganlarning bir qismi muxolifat tomonidan Rossiyani qo‘llab quvvatlashda ayblangan prezident Milosh Zemanning iste’fosini talab qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Chexoslovakiyadagi kommunistik tuzumning ag‘darilishining 25 yilligini nishonlashga kelgan Yevropa davlatlari rahbarlari oldida namoyishchilarning bir qismi Zemanning iste’fosini talab qilib, unga qizil kartochka ko‘rsatish aksiyasini o‘tkazdi. Zemannning tantanali nutqi “Sharmanda!” va “Iste’foga chiq!” kabi qichqiriqlar bilan tugagan. Hattoki bir nechta odam unga qarata pomidor va tuxum otgan. Otilgan tuxumlardan biri Germaniya prezidenti Yoaxim Gaukka kelib tekkan.
2013-yildan buyon Chexiya prezidenti hisoblangan Zemanni muxolifat mamlakatning ilk prezidenti Vaslav Gavelning ma’naviy madadi bilan Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda va unga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni tanqid qilishda ayblab keladi. Biroq o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi prezidentni qo‘llab-quvvatlashi oydinlashgan.
Izoh (0)