Amerika Qo‘shma Shtatlarining Laser Weapons Systems (LaWS) nomli lazer quroli prototipi sinov vaqtida uchuvchisiz samolyotni muvaffaqiyatli urib tushirdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
https://www.youtube.com/watch?v=OmoldX1wKYQ
AQSh Dengiz kuchlari tomonidan 2013-yilda YouTube’dagi kanalga qo‘yilgan videolavhada Naval Research Laboratory’da ishlab chiqilib, Naval Sea Systems Command tomonidan qurilgan LaWS Kaliforniya shtatining San Diyego shahri yaqinidagi USS Dewey (DDG 105) kemasiga joylashtirilgani ko‘rsatilgan.
Ushbu qurilma berilgan mo‘ljalni nafaqat urib tushirishi, balki unga jismoniy zarar yetkazmasdan turib uning kuzatish qobiliyatini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Qurilma prototipi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgan. Lekin Qurolli kuchlarda undan foydalanish boshlangani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)