Yevropa komissiyasi, katta ehtimol bilan, dushanba, 17-noyabr kuni Gollandiyada avj olgan parranda grippini to‘xtatib qolish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissiyasi vakili Rikardo Kardosoga asoslangan Reuters axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
“Komissiya 17-noyabr kuni ushbu epidemiyaga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda”, — dedi Kardoso.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda Gollandiya hukumati tomonidan zararlangani ko‘rsatilgan parrandachilik fabrikalarining mahsulotlarini Yevroittifoq mamlakatlari va uchinchi davlatlarga sotishni taqiqlash ko‘zda tutiladi.
Ushbu taqiqlar tirik parranda, parranda go‘shti, tuxumi va uy parrandalarining boshqa mahsulotlariga nisbatan amalda bo‘ladi.
Izoh (0)