“O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Xitoyning Poly Technologies Inc. kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida shinalar ishlab chiqaruvchi zavod qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xitoy kompaniyasi vakilining aytishicha, shartnoma zavodning texnologiyalarga bog‘liq qismi bo‘yicha tuzilgan. Loyiha Angren shahridagi “Rezinotexnika” aksiyadorlik jamiyati negizida yiliga 3 million dona avtomobil shinalari, 200 mingta qishloq xo‘jaligi shinalari hamda 100 ming metr konveyer lentasini ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurishni ko‘zda tutadi. Qurilish 34 oy davom etishi rejalashtirilgan.
Umumiy qiymati deyarli 200 million dollar bo‘lgan loyiha “O‘zkimyosanoat”ning o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti hamda xorijiy zayomlar evaziga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)