Qoraqalpogiston Respublikasining Kegayli tumanida istiqomat qiluvchi shaxs tunda uyiga qaytayotganida qo‘shni mahallalik kishini uchratib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Shu payt ular nimadir sabab bo‘lib, tortishib qoldi. Oxir-oqibat kegaylilik fuqaro qo‘shni mahallalik tanishini do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazdi.
Zo‘ravon qo‘lga olinib, qonuniy chora ko‘rish uchun ichki ishlar idoralariga topshirildi.
Izoh (0)