Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. Kecha, 16-noyabr kuni ATPning yakuniy turnirida kurashsiz g‘alaba qozongan serbiyalik Novak Jokovich mavsumni peshqadam sifatida yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bir pog‘ona pastlab, bu hafta reytingida 49-pog‘onada qayd etildi. Italiyaning Breshi shahridagi turnir finalida mag‘lub bo‘lgan Farrux Do‘stov bir yo‘la 10 pog‘ona yuqorilab, ayni paytda 118-o‘rinni egallab turibdi.
Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi:
1. Novak Jokovich (Serbiya) — 11 5102. Rojer Federer (Shveysariya) — 97003. Rafael Nadal (Serbiya) — 68354. Sten Vavrinka (Shveysariya) — 52955. Key Nisikori (Yaponiya) — 50256. Endi Marrey (Buyuk Britaniya) — 46757. Tomash Berdix (Chexiya) — 46658. Milosh Raonich (Kanada) — 44409. Marin Chilich (Xorvatiya) — 415010. David Ferrer (Ispaniya) — 4045... 49. Denis Istomin (O‘zbekiston) — 850... 118. Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) — 475
Izoh (0)