Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi Doogee Voyager 2 (DG310) smartfoni 442 000 so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Smartfonda 5 dyuym 450×854 pikselli displey, 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 1,3 megapikselli old va 5 megapikseli orqa kamera, 2000 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi.
Ushbu smartfonda bir qancha qiziqarli funksiyalar mavjud. Masalan, unga qo‘ng‘iroq bo‘lib qolsa, uni qulog‘ingizga olib borsangiz, avtomatik tarzda qo‘ng‘iroqqa javob beriladi. Shu bilan birga “Capture” deyish bilan suratga olish mumkin. Smartfon qutisi tarkibidan kompaniya taqdim etgan g‘ilof ham o‘rin olgan.
Izoh (0)