2014-yil 14−17-noyabr kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida Open Central Asia Book Forum &Literature Festival III “Ochiq Markaziy Osiyo” kitob forumi va adabiyot festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda forum saytida xabar berilgan.
Forum doirasidagi umumiy mukofot jamg‘armasi 17 ming dollarni tashkil etadigan adabiyot tanlovining g‘olib kitoblari Londonda chop etilishi va Buyuk Britaniya poytaxtida 2016-yilda bo‘lib o‘tadigan kitob yarmarkasida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
2014-yilgi tanlovda 20 davlatdan (Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, AQSh, Irlandiya, Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Gruziya, Ukraina va boshqa mamlakatlar) 450 dan ortiq mualliflar qatnashdi.
E’tiborlisi, 10 ming dollar miqdoridagi Nemat Kelimbetov nomidagi mukofotni O‘zbekiston vakili Jasur To‘rayev qozog‘istonlik Yevfrat Sharipov bilan bo‘lishib oldi. Shuningdek, O‘zbekiston vakillari Galina Dolgaya va Aleksey Ulko forumning ikkinchi − adabiyot festivali qismida mehmon sifatida ishtirok etdi.
Adabiyot tanlovining tarjima yo‘nalishida Aleksey Ulko birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, videofilm yo‘nalishida Jasur To‘rayev qozog‘istonlik Sharipov bilan birgalikda birinchi, O‘zbekistonning yana bir vakili Ashot Danielyan esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)