16-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Ruminiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Sibiu shahrining meri Klaus Yoxannis g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Uning raqibi − mamlakat bosh vaziri Viktor Ponta o‘z mag‘lubiyatini tan olgan. “Men janob Yoxannisga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabrikladim”, − dedi Ponta hali yakuniy natijalar e’lon qilinmaganiga qaramay. Qayd etilishicha, ikkala nomzod to‘plagan ovozlar farqi juda kichik ko‘rsatkichni tashkil etadi.
2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan 14 nomzod orasida 40,3 foiz ovoz to‘plagan Ponta hamda 30,4 foiz ovoz to‘plagan Yoxannis ikkinchi bosqichga o‘tgan edi. Prezidentlik lavozimini tark etadigan Trayan Besesku Ruminiyani 2004-yil 20-dekabrdan buyon boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)