Kechki payt Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan bo‘lgan shaxs shaharga borish uchun Matiz rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Mashina Xalqobod qishlog‘iga kelganida kutilmagan holat yuz berdi. Avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yangiyo‘llik shaxsga pichoq o‘qtalib, uning uyali telefoni hamda 345 ming so‘m pulini tortib oldi. Kirakash talonchilar yo‘lovchini mashinadan tushirib, voqea joyidan yashirindi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari zudlik bilan talonchilarni ushlashga kirishdi. Tez orada mazkur jinoyatni sodir etgan yangiyo‘llik ikki kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)