AQSh missiyasi Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish doirasida Rossiya hududi ustidan kuzatuv parvozlarini amalga oshiradi. Bu haqda Rossiya Yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Sergey Zabelloga asoslanib “TASS” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, parvozlar kelishilgan yo‘nalish va boshqa parametrlar bo‘yicha AQShning OS-135B kuzatuv samolyotida 17−22-noyabr kunlari amalga oshiriladi.
Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma 1992-yilda imzolangan bo‘lib, unda 34 mamlakat ishitok etmoqda. Kuzatuv parvozlari Rossiya, AQSh, Kanada va Yevropa davlatlari hududi ustida amalga oshiriladi.
Izoh (0)