Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida yashovchi 28 yoshli Gidre Misinayte tunda turmush o‘rtog‘i bilan hovliga chiqqanda osmonda har xil rangda tovlanib uchayotgan g‘alati jismga ko‘zi tushdi va uni videoga oldi, deb xabar bermoqda Vesti.ru.
https://www.youtube.com/watch?v=CG-X20Tolpk
“Bu aniq samolyot emas edi. Uchqun istalgan laynerdan bir necha marta tez harakatlandi”, − dedi Misinayte. Uning so‘zlariga ko‘ra, alanga shunchalik yorqin bo‘lganidan uni payqamaslik mumkin bo‘lmagan.
Shuningdek, ular ko‘chaga chiqqanda qo‘shnilari ham tungi kiyimlarda yo‘lda osmonga qarab turganini ko‘rgan. Yon-atrofda yashaydiganlar ham g‘alati jismga ko‘zi tushganini aytgan. Ba’zilar uni yoritgichlar aksi sifatida qabul qilib, katta e’tibor bermagan.
Izoh (0)