Eng yirik aloqa operatori Beeline Andijon viloyatining turli tumanlarida va viloyat markazida tarmoqlar qoplami doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Andijonning o‘zida yangi 3G baza stansiyalari Aylanma, Maybaxcha va Shahrixon ko‘chalari bo‘ylab tijorat qo‘llanuviga topshirildi.
“Andijon viloyati — qator yirik innovatsion, shu qatorda O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchilari hisoblangan korxonalarga ega tez rivojlanayotgan hudud, — dedi Unitel’ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. — Biz har kuni aholini ishonchli va sifatli aloqa bilan ta’minlash uchun ishlaymiz. Buning eng yaxshi usuli esa — yangi antennalarni o‘rnatishdir”.
Beeline tarmoqni viloyatda ham faol kengaytirmoqda: yangi uskunalar Qo‘rg‘ontepa (Mustaqillik ko‘chasi) va Shahrixon (Shahrixonshox ko‘chasi) tumanlari, shuningdek, Andijon tumanining Zaurak, Ilg‘or, Neyman, Niyozbotir qishloqlarida ishga tushirildi.
Izoh (0)