Germaniyaning Gamburg shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Oqshomning markaziy jangida super og‘ir vazn toifasining IBF, WBO hamda WBA (Super) yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o‘z kamarlarini bolgariyalik Kubrat Pulevdan himoya qildi.
Birinchi raundning o‘zidayoq 33 yoshli Pulev chap qo‘l zarbalaridan so‘ng ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi. Uchinchi raundda yana bir bor hakam hisobni ochishga majbur bo‘ldi. Pulevda beshinchi raundda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Lekin shu daqiqaning o‘zida Klichko o‘z zarbalari bilan bunga munosib javob berdi. Bu so‘nggi raund bo‘lib qoldi. 38 yoshli Vladimir beshinchi raundda nokaut bilan raqibini mag‘lub etdi.
Izoh (0)