Prezident Barak Obama AQShni “Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi”ga, shuningdek, boshqa tahdidlarga qarshi tura oladigan “jahonning yagona buyuk davlati” deb atadi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSh yetakchisi bu haqda Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilgan G20 sammitidagi nutqida aytib o‘tgan.
“AQSh Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuziga qarshi tura oladigan yagona buyuk davlatdir”, — dedi Obama.
Avvalroq, Obama Rossiyani yana bir marta Ebola bezgagi kabi tahdidlar bilan bir qatorga qo‘ygani xabar berilgan edi.
Izoh (0)