AQSh iqlim o‘zgarishlaridan aziyat chekayotgan qashshoq mamlakatlarga yordam berish maqsadida BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi (Green Climate Fund)ga uch milliard dollar ajratadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun” Reuters axborotiga tayanib.
Qayd etilishicha, AQSh taqdim etayotgan mablag‘ avvalroq boshqa mamlakatlar tomonidan Yashil iqlim jamg‘armasiga taqdim etilgan mablag‘lar hajmini ikki barobarga oshiradi.
Ma’lumot uchun, BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi 2010-yil tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Sondo shahrida joylashgan. Jamg‘arma vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga ko‘mak berishdan iborat.
Izoh (0)