Yaponiyadagi Ontake vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi tabiiy hodisani o‘z smartfonlariga, kameralariga va boshqa gadjetlariga suratga olishga ulgurgan, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Yaponiya qutqaruv xizmati vulqon otilishidan halok bo‘lgan jami 56 kishining jasadini topgan. Ularning smartfonlaridan halokat oldidan tushirilgan lava, kul va tutun fotosuratlari topilgan. Jumladan, 56 yoshli Idzumi Nogutining fotoapparatidan ulkan tutun bulutlari rasmlari topilgan. Xideomi Takasining yaroqli holda topilgan smartfonida esa hayoti so‘ngida olingan oltita fotosurat bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 27-sentabr kuni Ontake vulqonining to‘satdan otilishi natijasida o‘sha vaqtda tog‘da bo‘lgan ko‘plab sayohatchilar halok bo‘lgan. Olimlar vulqon otilishini oldindan aytib bera olmagan.
Izoh (0)