Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro — 2016 saralashidan o‘rin olgan Armanistonga qarshi o‘yinda gol kiritib, jamoasini g‘alaba bilan ta’minladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Ushbu gol Ronaldu uchun Yevropa chempionati saralashi va final bosqichlarida kiritilgan 23-gol bo‘ldi. Shu tariqa “Real” futbolchisi bu boradagi to‘purarlar ro‘yxatida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U turkiyalik Hoqon Shukr va daniyalik Yon-Dal Tomassonni ortda qoldirdi. Bu futbolchilar hisobida 22 ta gol bor edi.
Shu bilan birga Ronaldu faoliyatidagi 450-golni kiritganini ham alohida ta’kidlash kerak. U klub va terma tarkibida jami 703 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh (0)