Qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida 2009-yildan O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi huzurida Qurg‘oqchilik monitoringi milliy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi UzReport.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi ko‘magida Gidrometeorologiya markazi, Tabiatni muhofazaa qilish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralarning yosh mutaxassislari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallangan seminar va treninglar o‘tkazilmoqda.Jumladan, navbatdagi seminarda OAV yosh xodimlari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti bitiruvchilari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda kuzatilishi mumkin bo‘lgan iqlim o‘zgarishi ssenariylari bilan tanishtirildi.
Bundan tashqari, Markaz Qarshi iqtisodiyot-muhandislik institutining “Atrof-muhit muhofazasi” kafedrasiga iqlim o‘zgarishi va u bilan bog‘liq xavflarga oid ma’lumotlarni taqdim qilib keladi. Joriy yilda esa Qarshida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni sinash labarotoriyasi – tomchilab sug‘orish joriy qilingan issiqxona tashkil etildi.
Izoh (0)