Toshkentda “Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng faol o‘rinbosari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot, Milliy g‘oya va mafkura, “Oila” ilmiy-amaliy markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
O‘zbekistonda ilk marta o‘tkazilgan “Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng faol o‘rinbosari” respublika ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sohasi fidoyilari orasidan eng ilg‘or, tashabbuskor, izlanuvchan, ishga ijodiy yondashuvchi xodimlarni aniqlash, ularning ibratli ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.
Tanlovning viloyat bosqichlari g‘oliblari maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan “Mening g‘oyam” mavzusidagi konseptual loyiha taqdimoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida murakkab vaziyatlarni tez va oqilona hal etish, intellektual bilim va salohiyat, axborot-kommuniksiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari tadbir tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)