Formula-1 avtopoygalari bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer 13-noyabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda “Mingyillik Bembisi” mediasovriniga loyiq ko‘rildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Chang‘ida uchish chog‘ida olgan og‘ir jarohatidan tuzalish jarayonini boshidan kechirayotgan Shumaxer mukofotni o‘zi qabul qilolmasligi sababli haykalcha uning menejeri Sabine Kemga topshirildi.
Shuningdek, futbol bo‘yicha 2014-yilgi jahon chempionlaridan ikki nafari – Miroslav Kloze va Filipp Lamga Germaniya milliy terma jamoasi muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin topshirildi. Avtopoygachi Niko Rosberg esa “Yil sportchisi” deb topildi.
Izoh (0)