Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari maslahatchisi Markiyan Lubkivskiy “1+1” telekanaliga bergan intervyusida Donetsk va Lugansk viloyatlari hududida 7,5 ming rus harbiylari borligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Donetsk va Lugansk viloyatlarida umumiy soni 7,5 ming kishi bo‘lgan 10 ta taktik batalyon guruhlaridan iborat rus qo‘shinlari bor. Biz Rossiya prezidenti va fuqarolarini ortga 7500 ta ‘200-yuk’ (tobut − ‘Daryo’) qaytarilshi ehtimoli yuqoriligidan ogohlantirmoqchimiz”, − dedi Lubkivskiy.
Shuningdek, u Ukraina xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab Rossiya razvedka guruhlarini yo‘q qilayotganini qayd etgan.
Izoh (0)