O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 14-noyabr kuni Toshkent Issiqlik elektr stansiyasi tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumaniga uzatiladigan issiqlik energiyasining yangi tariflarini tasdiqladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Issiq suv va bug‘ning yangi narxi barcha iste’molchilarga 1 Gkal uchun 41 089 so‘mni tashkil etadi (taqqoslash uchun, hozirgi tarif 37 926 so‘mga teng). “Issiqlik manbai” korxonasiga esa yangi tarif 1 Gkal uchun 39 443 so‘m (hozirda 37 926 so‘m) deb belgilandi.
Yangi tarif 28-noyabrdan kuchga kirib, u qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)