18-noyabr kuni Toshkent shahrida “Yevrosiyo tashabbusi va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida O‘zbekiston — Koreya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi axborotiga tayanib, UzReport axborot agentligi xabar bermoqda.
Tadbir Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Inxa” universiteti qoshidagi Ilmiy-tadqiqot instituti ko‘magida tashkil etiladi.
O‘zbekiston — Koreya forumi Koreya Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etiladigan “Koreya — Markaziy Osiyo karvoni — 2014” tadbirlari doirasida o‘tkaziladi.
Izoh (0)