2014-yil 13-noyabr kuni O‘zbekistonda parvozlar balandligini hisoblashning yagona umumjahon tizimi QNH’ga o‘tildi, deb xabar bermoqda UzReport.
O‘zbekiston samo hududidagi parvoz qoidalarini tubdan o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorga 2013-yil oxirida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Harbiy havo kuchlari tomonidan kelingan. Bunga Boeing va Airbus kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar samolyotlaridan tobora ko‘proq foydalanilayotgani tufayli avvalgi qoidalarning eskirgani sabab bo‘lgan.
QNH tizimiga o‘tish bilan parvozlar balandligini hisoblash usuli o‘zgardi. Bungacha O‘zbekistonda parvozlar balandligi aerodrom sathiga qarab olinar edi. Biroq har bir aeroportning joylashuv sharoitlari har xil bo‘lgani bois jahon aviatsiyasida dengiz sathiga nisbatan balandlik olinadi. O‘zbekistonda ham aynan shu tizimga o‘tildi.
Izoh (0)