Yerdan 500 million kilometr uzoqlikda “Rozetta” kosmik kemasidan ajralib, Churyumov-Gerasimenko kometasiga qo‘ngan “Fili” moduli texnik muammolarga uchragani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda National Geographic.
Dastlabki muammo qo‘nish bilan bog‘liq bo‘lib, modul ilk urinishda kometa yuzasiga yaxshi o‘rnasha olmagan va biroz ko‘tarilib, ikkinchi urinishdagina kometaga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.
Qo‘nishdan biroz vaqt o‘tgach esa modul signali yo‘qolgan: “Rozetta” ufq ortiga o‘tib qolgani sababli ma’lumotlarni jo‘natolmay qolgan. Biroq keyin aloqa qayta tiklangan va hozirda kometa yuzasining yangi suratlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevropaning “Rozetta” nomli zondi (atmosferaning yuqori qatlamlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan apparat)ning tushiriladigan moduli — “Fili” Toshkent vaqti bilan 12-noyabr soat 21:03 da Churyumov-Gerasimenko kometasiga qo‘ndi. Tarkibida “Fili” moduli bo‘lgan “Rozetta” apparati fazoga 2004-yil mart oyida Fransuz Gvianasida joylashgan Kuru kosmodromidan uchirilgan edi.
Izoh (0)