Yaponiyaning Nara prefekturasidan topilgan V asrga oid maqbaradan chiqqan shisha likopcha I−IV asrlarda Rim imperiyasi joylashgan hududlardan topilgan shunday idishlar bilan bir xilligi aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shuningdek, Tokio tabiiy fanlar instituti olimlari o‘tkazgan rentgen tahlili natijasida 221-651-yillarda hukm surgan Eronning Sosoniylar sulolasi shoh saroyidan topilgan idishlar bilan aynan o‘xshash idish topilgani ham aniqlangan.
Institut xabarida aytilishicha, bu Yaponiya hududida topilgan Rim imperiyasidan keltirilgan buyumlarning ilmiy jihatdan isbotlangan ilk namunasidir.
Izoh (0)