Shveysariya hukumati Rossiyaning bir nechta kompaniyalari va rasmiy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritib, Yevropa Ittifoqi tomonidan sentabr oyida qo‘yilgan iqtisodiy cheklovlarni qo‘llab quvvatladi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Rasmiy Berlin ushbu qarorini Rossiyaning xalqaro sanksiyalar ta’siridan qochishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan. Hukumat qarori 12-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da kuchga kirgan.
Shveysariya Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalarga biroz muddat o‘tgach qo‘shilmoqda. Jumladan, iyul oyida e’lon qilingan sanksiyalar paketiga ham Bern avgust oyi oxiridagina qo‘shilgan.
Izoh (0)